Finlandiya Rossiya bilan chegaradagi 9 ta o‘tish joyidan 4 tasini yopyapti

Finlandiya Rossiya bilan chegaradagi 9 ta o‘tish joyidan 4 tasini yopyapti

Finlandiya 18 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya bilan janubi-sharqiy chegarasidagi to‘rtta chegara o‘tkazish punktini yopadi, deb ma’lum qildi 16 noyabr, payshanba kuni bosh vazir Petteri Orpo.

Mamlakat rasmiylari migrasiya inqirozi sababli Imatra, Niirala, Nuyyamaa va Vaalimaa chegara punktlarini 18 fevralga qadar yopishga qaror qildi. Shu bilan birga, ikkita chegara nazorat punkti boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqish uchun ochiq qoladi: Finlandiyaning Murmansk viloyati bilan chegarasidagi Salla va Kareliya bilan chegaradagi Vartius, deya aniqlik kiritdi Orpo. Bundan tashqari, Rayya-Yooseppi va Kuusamo o‘tkazish punktlari hamda Vaynikkala temiryo‘l nazorat punkti o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Bunday qarorga uchinchi davlatlardan Rossiya hududidan Finlandiyaga noqonuniy muhojirlar oqimining keskin oshgani sabab bo‘lgan. Helsinki Rossiya tomonini buni uyushtirganlikda ayblab, bu 2015 yilda ham sodir bo‘lganiga ishora qildi. Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo bir kun oldin mamlakat «Rossiyadan bunday harakatlarga» tayyor ekanini aytdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu ayblovlarni rad etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!