“Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik” mavzusida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi

“Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik” mavzusida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi

Unda “Bola nega maktabga borishni istamaydi?», “Bolalar internetdan to‘g‘ri foydalanishni biladimi?», “Bola tarbiyasi uchun kim mas’ul?», “Bolalar o‘rtasida turli huquqbuzarliklar nega ko‘paymoqda?» mavzulari qamrab olingan edi.

Ushbu so‘rovnomada jami 36 751 nafar kishi qatnashdi.

Natijalar quyidagicha:

Sizningcha, bolalarning internetdan to‘g‘ri foydalanishini kim nazorat qilishi kerak?

- Ota-ona – 67 %
- Maktab – 1 %
- Ota-ona va maktab – 30 %
- Sinf rahbar – 1 %
- Inspektor-psixologlar – 1 %

Sizningcha bolalar tarbiyani kimdan o‘rganadi va unga kim mas’ul?

- Ota-onadan o‘rganadi — ota-ona mas’ul – 92 %
- O‘qituvchidan o‘rganadi — maktab mas’ul – 3 %
- Do‘stlaridan o‘rganadi — mahalla mas’ul – 1 %
- Internetdan o‘rganadi — ota-ona mas’ul – 3 %
- Sinfdoshlaridan o‘rganadi — maktab mas’ul – 1 %

Sizningcha, bolalar nima uchun turli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etmoqda?

- Oilada muhit yaxshi emas – 49 %
- Bola bu ishlarning oqibatini bilmaydi – 13 %
- Ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlarning ko‘pligi sabab – 30 %
- Maktab nazorat qilmayapti – 2 %
- Inspektor-psxixologlar tomonidan profilaktika ishlari olib borilmayapti – 6 %


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!