Farg‘onada qurigan ko‘chatlarni kesgan shaxs salkam 2 million so‘m jarimaga tortildi

Farg‘onada qurigan ko‘chatlarni kesgan shaxs salkam 2 million so‘m jarimaga tortildi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida qurigan ko‘chatlarni kesgan fuqaro jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, holat Farg‘ona viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi Marg‘ilon shahar bo‘limi davlat inspektorlari, Milliy gvardiya hamda Farg‘ona viloyat IIB 1-mintaqaviy hudud patrul post xizmati xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari davomida aniqlangan.

Fuqaro A.N. tomonidan «Navro‘z» MFYning Xiyobon ko‘chasida 4 tup qurigan archa ko‘chatlarini hech qanday ruxsatnomasiz kesib yuborgan. Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 700 ming so‘m jarima belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!