Farg‘onada 16 yoshli bola pichoqlandi

Farg‘onada 16 yoshli bola pichoqlandi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 24 fevral kuni soat 17:20 larda 19 yoshli Bexro‘z O., Qo‘qon shahri Muqimiy shaharchasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida tanishi voyaga etmagan 16 yoshli  A’zam A., bilan bir-birini haqorat qilishlari oqibatida A’zam A.,ning ko‘krak sohasiga “finka pichog‘i” bilan urib tan jarohati yetkazgan. Natijada A’zam A., shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Bexro‘z O.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!