Facebook, Google, Apple, Yandex – O‘zbekistonga o‘tgan yili qaysi kompaniya qancha soliq to‘ladi?

Facebook, Google, Apple, Yandex – O‘zbekistonga o‘tgan yili qaysi kompaniya qancha soliq to‘ladi?

O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatayotgan ayrim xorij kompaniyalariga Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi xizmat ko‘rsatadi. Ushbu xorijiy kompaniyalar 2020 yilda O‘zbekistonda quyidagi miqdorlarda soliq to‘ladi: 

Facebook, Google, Apple, Yandex – O‘zbekistonga o‘tgan yili qaysi kompaniya qancha soliq to‘ladi?

Unga ko‘ra, Facebook Ireland Limited kompaniyasi - 5 981 mln;

Google Commerce Limited – 3 453 mln;

Apple Distribution International Limited – 1 934 mln;

Netflix International B.V. - 190 mln;

Booking. Com B.V. - 181 mln;

Yandex Europe AG - 136 mln so‘m miqdorda soliq tushumlarini amalga oshirgan.

2020 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston hududida elektron xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni 23 ta bo‘lib, keyinchalik ularning soni yana 3 taga ko‘paydi va 2021 yil 1 aprel holatiga jami 26 ta xorijiy kompaniya yurtimizda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq to‘lovchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

2020 yil yakuniy hisoblariga asosan, bunday kompaniyalar uchun hisoblangan jami qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori 12,3 milliard so‘mni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, 2021 yil 1 chorakda mazkur kompaniyalardan davlat byujdetiga 4,3 milliard so‘mlik soliq tushumlari tushishi ta’minlandi.

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo 

davlat soliq inspeksiyasi Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!