Evropada aksiya: “Salom, men musulmonman!”

Evropada aksiya: “Salom, men musulmonman!”

Belgiya Islom federasiyasi Salom, men musulmonman nomli aksiya o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Aksiya doirasida musulmon yoshlar Bryussel, Antverpen, Sharleru, Gent, Lyej va Namyur shaharlarida o‘n ming kishiga gullar va Islom dini haqida broshyuralar tarqatishdi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad Belgiyada musulmonlarga nisbatan noto‘g‘ri tasavvurlarning oldini olish.

Biz musulmonlar haqidagi salbiy tasavvurlarni yo‘qqa chiqarmoqchimiz , deydi tadbir tashkilotchilaridan Umar Siqier.

Xuddi shunday aksiya Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Niderlandiya, Fransiya, Daniya, Shvesiya, Norvegiya, Italiya, Avstraliya va Kanadada ham o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!