Evropa koronavirus haqida avvalroq ogohlantirilgan, ammo...

Evropa koronavirus haqida avvalroq ogohlantirilgan, ammo...

Xitoyda boshlangan koronavirus epidemiyasi tez orada Yevropaga yetib keldi va “ko‘hna qit’a” infeksiya markaziga aylanib qoldi. Ayni paytda Yevropa mamlakatlarining sog‘liqni saqlash tizimlari zo‘riqib ishlayapti. 

Evropa Ittifoqining sog‘liqni saqlash bo‘yicha komissari Stella Kiriakidesning aytishicha, Yevropa mamlakatlariga 9 yanvardayoq koronavirus haqida ogohlantirish yuborilgan.

“Evropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi virus tarqalib ketishi mumkinligi haqida darhol e’lon qildi, – dedi u “Evronyus”ga bergan intervyusida. – Yil boshidayoq, yanvar oyida biz a’zo davlatlarni ogohlantirdik: tayyor turinglar, Yevropa bu muammo bilan to‘qnashishi mumkin”. 

Ogohlantirishga qaramay Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining nega epidemiyaga tayyor bo‘lmagani haqidagi savolga Kiriakides sog‘liqni saqlash masalalari a’zo davlatlarning vakolatiga kirishini, qolaversa, koronavirusning tarqalishi juda katta hodisa bo‘lganini aytdi. 

Komissarning ma’lum qilishicha, Yevrokomissiya koronavirusga qarshi vaksina yaratish bo‘yicha ilmiy loyihalarga 140 million yevro ajratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!