Ertaga O‘zbekiston rasmiylari ishga jamoat transportida borishlari kerak

Ertaga O‘zbekiston rasmiylari ishga jamoat transportida borishlari kerak

29 mart kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Kazinformning Toshkentdagi muxbiri Alixan Asqar.

O‘zbekiston Ekologiya vazirligining xabar berishicha, aksiya zararli transport gazlarining havo sifatiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida tashkil etilmoqda. Uning talabiga ko‘ra, ertaga barcha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishga jamoat transportida kelishlari kerak.

“Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslik, jamoat transporti, velosiped va boshqa ekologiyaga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanishga taklif qilamiz”, – deyiladi Ekologiya vazirligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur aksiyani tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni 21 fevral kuni imzolagan edi.

Shunga ko‘ra, Toshkent shahrida vakolatxonalari bo‘lgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining barcha rahbarlari va boshqa xodimlari ishga jamoat transportida borib, aholiga o‘rnak bo‘lishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!