Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyor

Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyor

Eron Yevropa tashqi ishlar idorasi rahbari Jozep Borrelning Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini qayta boshlash va muzokaralarni tezroq yakunlashga harakat qilish zarurligi haqidagi taklifiga ijobiy javob berdi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageri Kayoniy.

Avvalroq Borrel mazkur muzokarani qayta boshlash haqidagi taklifi bayoni bitimni imzolash uchun juda maqbul va hayotga joriy qilishga arziydi, degan edi.

2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya bilan Eron o‘rtasida yadroviy kelishuvga erishilgan edi. Mazkur kelishuv Eronning yadro dasturini cheklash evaziga unga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishni ko‘zda tutgandi. 2018 yil may oyida Donald Tramp prezidentlik davrida AQSh ushbu muzokaralardan chiqishini e’lon qildi va Eronga nisbatan sanksiyalarni qayta tikladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!