Eron yadro bombasini yaratishga juda yaqin — AQSh

Eron yadro bombasini yaratishga juda yaqin — AQSh

Eron yadro bombasini yaratishga juda yaqin. Bu haqda davlat kotibi Entoni Blinken AQSh Milliy radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Eron 3-4 oy ichida kuchli yadro quroliga ega bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Davlat departamenti AQSh prezidenti Jo Baydenning yangi ma’muriyati Eron rasmiylari bilan yadroviy kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha birinchi qadamni qo‘yguniga qadar ular bilan aloqa o‘rnatmasligini aytgandi. Tehron bunday chaqiriqlar rad etilganini aytib, Eron AQShdan farqli o‘laroq, ushbu kelishuvdan chiqmasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!