Eron xakerlari Isroilni ortda qoldiryaptimi?
Eron Isroil va amerikalik kompaniyalarga qarshi yirik kiberhujumlar amalga oshirganini ma’lum qildi. Tehron bu operasiyalarni AQSh va Isroil tomonidan Eron hududiga berilgan zarbalarga javob deb atayapti. Isroil va AQSh bu ayblovlarning bir qismini hali tasdiqlamagan, ammo G‘arb OAVlari eronlik xakerlar ma’lum muvaffaqiyatlarga erishganini qayd etmoqda.
Isroil temir yo‘l tizimiga hujum
Fars News Agency 12 mart kuni xabar berishicha, eronlik xakerlar Isroil temir yo‘l tizimini buzib, uning ishini izdan chiqargan. Agentlikka ko‘ra, hujum temir yo‘l infratuzilmasi ishini buzgan va mamlakatdagi barcha stansiyalar xavfsizligiga tahdid solgan.
Xabarda aytilishicha, vaziyat «keyingi xabarlargacha noaniq va barqaror emas» bo‘lib qolmoqda.
Biroq Tel-Aviv bu ma’lumotni hozircha tasdiqlamagan.
Amerika kompaniyasiga kiberhujum
Eron bilan bog‘liq deb hisoblangan Handala xakerlik guruhi amerikalik tibbiy kompaniya — Stryker ga ham hujum qilganini bildirdi. Bu kompaniya dunyodagi eng yirik tibbiy uskuna ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.
Xakerlar taxminan 50 terabayt korporativ ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lganini da’vo qilmoqda.
Kompaniya esa o‘z navbatida global kompyuter tizimlarida jiddiy nosozlik yuz berganini tasdiqladi. Korporasiya vakillariga ko‘ra, kiberhujum Microsoft servislari bilan bog‘liq tarmoq infratuzilmasi ishini buzgan. Shu bilan birga, kompaniya vimogatel dasturlar yoki zararli dasturlar alomatlari aniqlanmaganini bildirdi.
Shuningdek:
-
korporativ tizimlarga kirish sahifalarida Handala logotipi paydo bo‘lgan;
-
kompaniyaning Michigan shtatidagi bosh qarorgohi telefon liniyalari ham vaqtincha ishlamagan.
Hujum sababi
Xakerlar bu operasiyani Eron janubidagi Minab shahrida joylashgan qizlar maktabiga berilgan zarbaga javob sifatida amalga oshirganini aytmoqda. Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hujumda 170 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi maktab o‘quvchilari bo‘lgan.
Al Jazeera jurnalistlari tahlil qilgan sputnik suratlari maktab binosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishon bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Reuters va The Washington Post ma’lumotlariga ko‘ra, bu zarba uchun mas’uliyat AQSh zimmasiga yuklatilmoqda. Biroq bu holatni hozircha na Oq uy, na BMT rasman tasdiqlagan.
