“Erni qanday o‘ldirish kerak?” kitobining muallifi erini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda (foto)

“Erni qanday o‘ldirish kerak?” kitobining muallifi erini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda (foto)

Oregon shtatining fuqarosi 68 yoshli Nensi Krampton-Brofini qotillik hamda noqonuniy qurol ishlatishda ayblashmoqda, deya xabar berdi “lenta.ru”.

Uning turmush o‘rtog‘i, 63 yoshli marhum Deniyel Brofining jasadi talabalar tomonidan Oregon shtatidagi institutlarning biridan topilgan.

Qotillikdan bir kun o‘tib, mashhur detektiv asarlar hamda "Noto‘g‘ri ma’shuq", "Noto‘g‘ri turmush o‘rtoq" va "Noto‘g‘ri polisiyachi" romanlari muallifi Feysbukda erining o‘limi haqida gapirdi.  Nensi turmush o‘rtog‘ini eng yaxshi do‘sti deb atagan.

Bir necha oylik tergovdan keyin polisiya ayolni qamash uchun asoslar topdi. Shuningdek, saytlarning biridan 2011 yilda Nensi tomonidan yozilgan "Turmush o‘rtog‘imizni qanday o‘ldirishimiz mumkin?" nomli qiziqarli maqola ham aniqlandi. Ushbu maqolada keksa yozuvchi erni o‘ldirishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoslarni aytib o‘tadi. Ular orasida pul, ochko‘zlik, yolg‘on va uy ichidagi zo‘ravonlik kabi sabablar mavjud. Bundan tashqari, yozuvchi qotillikni sodir etgandan so‘ng jazodan qochish uchun “juda aqlli, rejali va shafqatsiz” bo‘lish kerakligini ham ta’kidlagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!