Erkak klinik o‘lim paytida Payg‘ambar bilan ko‘rishganini ta’kidladi

Erkak klinik o‘lim paytida Payg‘ambar bilan ko‘rishganini ta’kidladi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki marotaba klinik o‘limdan omon chiqqan erkak haqidagi hikoya ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deya xabar berdi “NDERF” sayti.

Charlining ta’kidlashicha, u koinotga sayohati davomida haqiqatda mavjud bo‘lgan Iso Masih bilan ko‘rishgan. Shuningdek, u oxir zamon chog‘ida ateistlarga juda ham qiyin bo‘lishini atib o‘tdi.

Charli yuragidagi muammosi tufayli bir necha marotaba o‘lim bilan yuzlashgan. Hattoki uning yuragi bir kecha-kunduzda ikki marotaba to‘xtab qolgan. Ammo baxtiga shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

O‘zining klinik o‘limi davomida koninot bo‘ylab sayohat qilganini, u yerda Iso Masih hamda farishtalar bilan ko‘rishganini hikoya qilib berdi. U o‘zini qo‘llaridan tutib turgan farishtalarning yuzlariga qarab ularning qanday ekanligini ko‘rishni xohlagan, ammo juda yorqin nur bunga to‘sqinlik qilgan. Biroz vaqt o‘tib, nur pasaya boshlagan, shunda erkak yorqin nur, aslida, Iso Masih ekanligini bilgan.

Uning yaqiniga yaqinlashayotganida esa uzoqdan “Sening vaqting hali kelmadi”, degan so‘zlar eshitilgan. Yuragi ikkinchi marotaba to‘xtaganida ham xuddi shu holat yuz bergan. Ammo bu safar unga bu so‘zlarni Iso Masihning O‘zi aytgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!