Erdo‘g‘on: Isroil Gitlerdan ham o‘zib ketdi

Erdo‘g‘on: Isroil Gitlerdan ham o‘zib ketdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘azoda 14 mingdan ortiq begunoh bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan Isroil berahmlik bobida Adolf Gitlerdan ham o‘zib ketganini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Erdo‘g‘on G‘arbni G‘azo hamda G‘arbiy Sohilda qirg‘inlar amalga oshirayotgan Isroilni to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarini tarixdagi eng katta sharmandalik deb atagan.

Turkiya rahbari, shuningdek, uning hukumati so‘ngiga qadar Yaqin Sharq masalasida Falastinni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. G‘azoda davom etayotgan urush Erdo‘g‘onning Yaqin Sharqqa nisbatan yuritadigan siyosatiga yangicha ruh berganini bildirgan.

“Xudo menga umr bersa, men Falastin kurashini qo‘llashda davom etaman va mazlum Falastin xalqining ovozi bo‘laman”, — degan prezident Erdo‘g‘on.

O‘z navbatida, Turkiya rahbari Falastin qarshilik guruhi bo‘lgan HAMAS faoliyatini 100 yil muqaddam ro‘y bergan Turkiya Mustaqillik urushi bilan qiyoslagan. HAMAS mustaqillikka erishishda og‘ir yo‘ldan o‘tishi kerakligini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!