Turkiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Hoqon Shukur futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan bir necha yil o‘tib, hayoti qanday kechayotganligi haqida gapirib berdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Hoqon Shukur 2016 yilda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni ochiq tanqid qilgani uchun muammolarga uchragandi. Uni Amerikada yashovchi turkiyalik yozuvchi va jamoat arbobi Fatxulla Gyulen bilan aloqadorligi uchun terrorchilik tashkiloti a’zosi sifatida ayblashgandi.
Bu voqealardan keyin Hoqon Amerikaga ko‘chib, San-Fransiskoda qahvaxona ochishga qaror qildi. Ammo, qahvaxonaga ham «noma’lum shaxslar» kela boshlagach, sobiq futbolchi polisiya himoyasiga olindi, uning ishi bilan esa FQB shug‘ullandi. Oxir-oqibat turk futboli afsonasi Vashingtonga ko‘chib o‘tib, kitob sotuvi va kirakashlik bilan shug‘ullana boshladi.
«Yangi ishlarga ko‘nika boshlayapman. Hech qayerda hech narsam qolmadi. Erdo‘g‘an hamma narsamni tortib oldi. Erkin yashash, o‘z fikrimni bildirish, o‘zim istagan joyda ishlash haq-huquqlarim poymol qilindi», - deya Hoqon Shukurning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.
Manba: kun uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.