“Eng zo‘r OTM”dagi muammo OAVdagi xabardan bir kun o‘tib hal etildi

“Eng zo‘r OTM”dagi muammo OAVdagi xabardan bir kun o‘tib hal etildi

O‘tgan hafta Milliy universitet talabalarining biri UzNews.uz tahririyatiga isitilmayotgan binolar bo‘yicha shikoyat bilan murojaat qilgan edi.

Mazkur muammo keyingi kunning o‘zidayoq hal bo‘lganligi ajablanarli, endi talabalar auditoriyalarda kurtka va shapka kiygancha dars qilmaydilar.

“Universitetimiz haqidagi maqolani chop etganingiz uchun Sizlarga minnatdorchilik bildiramiz. Dam olish kunlarida isitish tizimini yaxshilashdi va koridorlarga qo‘shimcha eshiklarni o‘rnatib qo‘yishdi. Vazir o‘rinbosarining o‘zi kelib, shaxsan hammasini tekshirib chiqdi. Endi bizning xonalardagi harorat issiq darajada! Odamlarga yordam berayotganingiz uchun rahmat!”, – deb yozadi universitet talabalaridan biri.

O‘z navbatida, biz universitet rahbariyatiga va Oliy ta’lim vazirligiga ushbu muammoni hal qilishda yordam berganliklari va OAV xabarlariga tezkor javob berganlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!