“Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlariga start berildi (+foto)

“Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlariga start berildi (+foto)

Bugun, 18 avgust kuni Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkaziladigan “Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va musobaqalarga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

Toshkent harbiy okrugiga qarashli “Chirchiq” dala-o‘quv maydoni tong sahardan harbiy xizmatchilar, ishtirokchi jamoa vakillari, davlat va jamoat tashkiloti xodimlari, faxriylar hamda yoshlar va mahalliy aholi bilan gavjum bo‘ldi. Albatta, bularning bari karantin talablariga to‘la rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.

 “Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlariga start berildi (+foto) “Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlariga start berildi (+foto) “Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlariga start berildi (+foto)

Ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbanov o‘z tabrik so‘zida barcha jamoalarga omad tilab, bu kabi musobaqalar harbiy xizmatchilarning jangovar qobiliyatini oshirishi, qolaversa, yoshlar qalbida ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, harbiy xizmatga esa havas uyg‘otishini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng saf maydoni bo‘ylab Harbiy parad uyushtirildi. Jangovar texnikalarning birin-ketin olib o‘tilishi ham kuzatuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, musaffo osmon uzra shou ko‘rsatgan harbiy aviasiya hamda havo desantchilarining parashyut bilan sakrash mashqlari yurtdoshlarimizga o‘zgacha zavq ulashdi.

“Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlariga start berildi (+foto) “Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlariga start berildi (+foto) “Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlariga start berildi (+foto) “Eng ilg‘or mutaxassis” armiya o‘yinlariga start berildi (+foto)

Shu bilan jamoalar “Tank biatloni” musobaqasiga kirishdi. Shiddatli bahslarga boy bo‘lgan bellashuv yakuniga ko‘ra, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti vakillari ikkinchi o‘ringa sazovar bo‘lgan bo‘lsa, birinchi va uchinchi o‘rinlarga Markaziy harbiy okrug jamoalari ega chiqib, mutlaq g‘olib bo‘ldi.

G‘oliblarga Mudofaa vaziri tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, “Chirchiq” dala-o‘quv maydonida “Jangovar mashinalar biatloni”, “Armiya biatloni”, “O‘q otish sporti” va “Tosh ko‘tarish” musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqalar shu yilning 22 avgustiga qadar Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” dala-o‘quv maydoni va Markaziy harbiy okrugning “Sazagan” hamda “Kattaqo‘rg‘on” poligonlarida davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!