Endi Xitoy Mudofaa vaziri “yo‘qolib qoldi”

Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu lavozimidan chetlashtirildi, unga qarshi tergov olib borilmoqda. Bu haqda razvedka ma’lumotlaridan xabardor AQSh rasmiylariga tayanib, Financial Times xabar berdi.
Oxirgi ikki hafta davomida Li Shangfu omma oldida ko‘rinish bermagan. Vazir 7—8 sentyabr kunlari Vyetnam va Xitoy o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik bo‘yicha yillik yig‘ilishda ishtirok etishi kerak edi. Biroq Vyetnamga safari “sog‘lig‘i sababli” bekor qilingan.
65 yoshli Li Shangfu mudofaa vaziri lavozimiga 2023 yil 12 martda kelgan2018 yilda u Rossiyadan Su-35 qiruvchi samolyotlari va S-400 komplekslarini sotib olgani uchun AQSh sanksiyalari ostida qolgan. Vazir etib tayinlanganidan bir oy o‘tib u Moskvaga tashrif buyurgan va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan.
“Mudofaa vazirining iste’fosi Pekinning harbiy va tashqi siyosat idorasining elita a’zolari o‘rtasidagi tartibsizlikning yana bir belgisi bo‘lishi mumkin”, — deydi FT.