Endi Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga ham metro quriladi

Endi Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga ham metro quriladi

Toshkentdan Nurafshonga — Toshkent viloyatining ma’muriy markaziga — metropoliten tarmog‘ini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 19 fevral kuni viloyat ma’muriyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov ma’lum qildi.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Nurafshondagi viloyat hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ishtirok etdi

«Yaqin istiqbolda Nurafshon shahriga metro qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, — dedi Ochilboy Ramatov. — Shuningdek, infrastrukturani rivojlantirish masalalari bo‘yicha ayni paytda viloyat hokimligi bilan qat’iy ish olib borayapmiz. Ichimlik suvi, yo‘l qurilishi, kommunikasiya va kanalizasiya tarmoqlarini qurish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar jadal davom etmoqda».

2017 yil yozida Nurafshon shahri (sobiq To‘ytepa) Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilangan edi (ilgari viloyatning ma’muriy markazi bo‘lmagan). Viloyat hokimligi bu erga Toshkentning markazidan ko‘chirildi. Hozirda shaharni to‘liq qayta qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. U O‘zbekistonning birinchi «aqlli» shahriga aylanishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!