Endi «milisiya» so‘zi butunlay ishlatilmaydigan bo‘ldi

Endi «milisiya» so‘zi butunlay ishlatilmaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat prosessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

194-moddaning (Milisiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik):

nomidagi «Milisiya xodimining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

birinchi qismi dispozisiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik»;

195-moddaning (Milisiya xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish):

nomidagi «Milisiya xodimlarining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimlarining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

dispozisiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Ichki ishlar organlari xodimining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimlariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish»;

196-moddaning (Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan milisiyaning yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik):

nomidagi «milisiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

dispozisiyasidagi «milisiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

199-moddaning (Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik) dispozisiyasidagi «Milisiya» degan so‘z «Ichki ishlar organi» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

242-modda (Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar) birinchi qismining (Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni) 4-bandidagi «(milisiya)» degan so‘z chiqarib tashlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!