Ekologlar yaqinlashib kelayotgan yangi xavfdan ogohlantirishdi

Ekologlar yaqinlashib kelayotgan yangi xavfdan ogohlantirishdi

Sibirda issiq ob-havo tufayli o‘rmon yong‘inlari xavfi oshdi, deydi Stokgolm universitetining atrof-muhit bo‘yicha mutaxassislari.

“Avval qurg‘oqchilik bo‘ladi, keyin chaqmoq chaqib, yong‘in yuzaga kelishi mumkin. Bu tabiiy jarayon. Ob-havo qanchalik quruq va issiq bo‘lsa, bunday holat shunchalik tez-tez sodir bo‘lishi mumkin ", deydi professor Mikael Chernstrem.

Stokgolm universitetining fizik geografiya instituti dosenti Gustav Xugelius professor Mikael Chernstremning gaplarini tasdiqlagan holda, agar ob-havo o‘zgarmasa, jiddiy o‘rmon yong‘inlari kutilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Biroq, agar iyul-avgust oylarida yomg‘ir yog‘adigan bo‘lsa, unda yong‘in xavfi kamayadi», deya ta’kidladi Xugelius.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!