DXX: tuman hokimlari o‘rinbosarlari va yordamchilarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi (batafsil)

DXX: tuman hokimlari o‘rinbosarlari va yordamchilarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi (batafsil)

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari tumandagi Qorashina shaharchasini obodonlashtirish doirasida qurilgan ob’ektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga tuman hokimligining ma’muriy binosi yonida 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ob’ektdagi kamchiliklarni solishtirma dalolatnoma rasmiylashtirish yo‘li bilan bartaraf etib berish evaziga 15 mln. so‘m olgan vaqtida Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi ham qo‘lga olindi.

Hozirda hokim o‘rinbosari hamda davlat unitar korxonasining yetakchi mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari fuqaroga Xatirchi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida bankdan 100 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i olib berish evaziga 20 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, muqaddam sudlangan hokim yordamchisi o‘z xizmati uchun 10 mln. so‘m hamda Xatirchi tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki mutaxassisi esa tegishli hujjatlarni tayyorlab, kredit mablag‘i ajratib berish evaziga 2 mln. so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shahrixon tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bankdan 100 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratilishida yordam berish evaziga 9 mln. so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 214-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avval xabar berilganidek, joriy yilning may oyida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Xovos tumani hokimining o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sug‘orish ishlariga sharoit yaratib berish hamda faoliyatiga hech kim aralashmasligini ta’minlash evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi.

Hovos tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudining hukmiga muvofiq, mazkur mansabdor shaxs 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qozog‘iston Rossiya, Xitoy, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarini ortda qoldirdi

Қозоғистон иқтисодий фаровонлик бўйича 50 та давлат қаторига кўтарилди.

MMA. Mahmud Muradov ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi

Аралаш яккакураш устамиз Маҳмуд Мурадов ўзининг ММАдаги навбатдаги жангини ўтказди.

Rustam Ashurmatovning «Rubin»dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Россия Премьер-лигасида фаолият юритаётган ўзбекистонлик ҳимоячи Рустам Ашурматовнинг «Рубин» клубидаги маоши маълум бўлди.

Ukraina dushman uchun «Jahannam» tayyorladi

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский Борис Патон номидаги миллий мукофотни топшириш чоғида маълум қилди.

«An-Nasr» futbolchilariga avtomobil sovg‘a qildi. Ronaldu va Manega BMW XM topshirildi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби ўз футболчиларига қимматбаҳо совға тайёрлади.

O‘zbekistonda hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

«Ўзгидромет» 9-11 декабрь кунлари кутилаётган об-ҳаво маълумотини эълон қилди.

Rossiya Ukrainadan yerlarini qaytarib olganini e’lon qildi

Киев кучлари август ойида қуруқликдан у ерга катта ҳужум уюштирган эди.

16 dekabr kuni yana izg‘irin sovuq qaytadi

Ўзгидромет ўзининг 14-16 декабрь кунлари учун эълон қилган прогнозларида бу хақида маълум қилди.

Ukraina beshta shaharni yo‘qotish xavfi ostida

Бу ҳақда Олий Раданинг собиқ депутати, ҳарбий хизматчи Егор Фирсов маълум қилди.

Ronaldu: «Orzu haqiqatga aylandi»

Криштиану Роналду Португалия 2030 йилги жаҳон чемпионатига мезбонлик қилиши ҳақида гапирди.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Rossiya o‘z ishini boshladi

Россия армияси Украинадаги нишонларга яна камикадзе дронларини учиришни бошлади.

Ronalduning narxi rekord darajada pastladi

«Transfermarkt» портали саҳифаларида «Ан-Наср»нинг юлдуз ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг нархи янгиланди.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi bayonot bilan chiqdi

Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.

Rossiyaning katta yutuqlari

Россия ўтган ойда катта ютуқларга эришганини даъво қилмоқда.

Samarqandda 23 yoshli kosmetolog va byuti-bloger o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Марҳуманинг ўлим сабабини аниқлаш мақсадида суд-тиббий экспертизаси тайинланган.

Isroillik ravvin: “G‘azoda hammani, hatto chaqaloqlarni ham o‘ldiring”

Исроил ишғоли остидаги Яффа шаҳридаги Шират Моше Ҳесдер ешива раҳбари Элияҳу Малининг Ғазо аҳолиси, жумладан, болалар ва чақалоқларни йўқ қилишга оид чақирувлари жиддий эътирозларга сабаб бўлди. У ўз нутқида “яҳудийча” уруш тамойилларини мисол қилиб келтирган.

Suriyada «jihod dorisi»ning katta zahiralari topildi

Дамашқда Сурия миллий армияси «жиҳод дориси» деб ҳам аталадиган ноқонуний Cаптагон дорисининг катта захирасини топди.

Tailanddagi festivalda bomba portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Таиланднинг Ум Пҳанг шаҳрида Қизил Хоч фестивалида портлаш содир бўлди, оқибатда 50 га яқин киши жароҳатланди, тўрт киши ҳалок бўлди, деб хабар бермоқда Ком Чад Луэк.

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qildi

Жанубий Корея парламенти президентнинг импичментини қўллаб-қувватлади.

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in chiqdi

Ёнғин натижасида тан жароҳати олган ва вафот этганлар йўқ.

Ukrainaga keng ko‘lamli hujum: 300 ga yaqin raketa va dronlar

Украина президенти Владимир Зеленский маълум қилишича, бугунги ҳужум пайтида Россия қўшинлари Украинага қарийб 93 та ракета ва 200 га яқин учувчисиз қурилма учирган.

Kreml Trampning Ukrainaning Rossiyaga bergan zarbalarini tanqid qilganini olqishlaydi

«Биз ўт очишни тўхтатмоқчи эмасмиз, биз шартлар бажарилиб, барча мақсадларимизга эришгандан сўнг тинчлик бўлишини истаймиз», — деди Песков.

Rossiya Yevropa Ittifoqi sanksiyalar tufayli qancha zarar ko‘rganini e’lon qildi

Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири ўринбосари Александр Грушконинг таъкидлашича, Европа Иттифоқи Россияга қарши санкцияларнинг таъсирида катта иқтисодий зарар кўрмоқда.

AQSh Ukrainaga shoshilinch yordamni e’lon qildi

Жо Байден «биз ушбу маъмуриятни охиригача қўшимча пакетлар билан таъминлашни давом эттирамиз,» деб айтган.

Sergelidagi MaxWay binosida yong‘in chiqdi

Янги Сергели кўчасида содир бўлган ёнғин ҳақида маълумот 13 декабрь куни соат 16:12 да келиб тушган. Соат 16:19 да ёнғин-қутқарув гуруҳи воқеа жойига етиб келди.

Kaliforniyadagi yirik yong‘in tufayli 12 ming kishi evakuasiya qilindi

Лос-Анжелес округи ёнғин департаменти маълумотларига кўра, “Франклин” ёнғини бир кечада 39 фоизга ўсган

Rossiya Ukrainaga katta hujum boshladi

13 декабрь куни эрталаб Россия Украина ҳудудига 93 та ракета ва 200 га яқин дрон учирди.

Suriyalik isyonchilar Hafiz Asadning maqbarasiga o‘t qo‘yishdi

«Ҳайят Таҳрир аш-Шам» ҳаракати бошчилигидаги исёнчилар яшин тезлигида Сурияни қўлга киритиб, Асадлар оиласининг 54 йиллик ҳукмронлигига нуқта қўйди. Мамлакатни ташлаб қочган президент Башар Асад ва унинг оиласига Россия бошпана берди.

O‘zbekistonlik bokschi raqibini tishlagani uchun oltin medaldan mahrum bo‘ldi

Ўзбекистонлик боксчи Ҳавасбек Асадуллаев финалда қозоғистонлик рақибини мағлуб этиб, Осиё чемпиони унвонини қўлга киритганди. Бироқ жанг давомида у рақибини тишлаб олгани сабаб Осиё бокс конфедерацияси уни дисквалификация қилди. Олтин медал эса Аблайхон Жусуповга берилди.

Isroil qochqinlar lageriga hujum uyushtirdi: 25 nafar falastinlik halok bo‘lgan

Исроил ҳаво кучларининг Нусейрат қочқинлар лагерига уюштирган ҳужумида камида 25 фаластинлик ҳалок бўлди. Зарба АҚШ миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчиси Исроил ва ҲАМАС ўртасида ўт очишни тўхтатиш бўйича келишувга эришиш умидини билдирганидан бир неча соат ўтиб содир бўлган.

Tishlarni uchinchi marta ham o‘stirish mumkin — yapon olimlari

«Одамларнинг тишини учинчи марта ўстириб беришга қодир яширин тиш томирлари борлиги айтилаётгани ҳам инқилобий, ҳам баҳсли масала», — деди Гонконг университети эндодонтия клиник профессори Чэнфэй Чжан.

Medvedev Trampni maqtayapti

АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трамп ўз сиёсий рақибларини "йиқита олган" иқтидорли шахс таассуротини қолдирмоқда.

Ukrainani Yevropa Ittifoqiga olib kirishni to‘xtatib bo‘lmaydimi?

Германия канцлери Олаф Счолз Украинанинг Европа интеграцияси жараёнини ортга қайтариш мумкин эмаслигини айтиб, Россия президенти Владимир Путин ягона уруш мақсадига эришмаганини қўшимча қилди.

Rossiya bu talablarni qabul qilmasligini aytmoqda

Путиннинг таклифлари қуйидагилардан иборат: Украина НАТОга қўшилмаслиги шарт ва Россия ўзи ҳозир Россияга қўшиб олганини эълон қилган Украинанинг тўртта вилоятининг бутун ҳудудига эга бўлиши керак.

Nasistlar Nuseyrat lageridagi Al-Luhlar oilasining uyini portlatib, 15 kishini o‘ldirdi

Уларнинг аксарияти аёллар ва болалар эди.

Putin va Orban telefonda nimani gaplashgani ma’lum qilindi

Венгрия раҳбари Трамп ва Путиннинг Европа Иттифоқидаги энг яқин сиёсий ҳамкори ҳисобланади.