Dunyodagi eng yosh bosh vazir turmushga chiqdi

Dunyodagi eng yosh bosh vazir turmushga chiqdi

Dunyodagi eng yosh bosh vazir hisoblanuvchi Marin futbolchi Markus Raykkonenga turmushga chiqdi. E’tiborlisi, Marin o‘z turmush o‘rtog‘i bilan 16 yildan beri fuqarolik nikohidan o‘tgan holda yashab keladi. 

Tantanali marosim bosh vazir qarorgohida 1 avgustda bo‘lib o‘tgan. Unga juftlikning yaqin qarindoshlari va tanishlari, jami 40 kishi taklif etilgan.

Juftlik 2 yoshli qiz farzandni tarbiyalab keladi.

Finlyandiya parlamenti 34 yoshli Marinning nomzodini bosh vazir lavozimiga 2019 yil 10 dekabrda ma’qullagandi. Uning nomzodini 99 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 77  deputat qarshilik bildirgan. Natijada Marin dunyodagi va Finlyandiya tarixidagi eng yosh bosh vazirga aylangan. Bungacha dunyodagi eng yosh bosh vazir nomi Ukraina bosh vaziri, 35 yoshli Aleksey Goncharukka tegishli bo‘lgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!