Dunyodagi besh yuzta eng boy odam 1,4 trillion dollar yo‘qotdi

Dunyodagi besh yuzta eng boy odam  1,4 trillion dollar yo‘qotdi

Dunyodagi besh yuzta eng boy odam joriy yil boshidan buyon 1,4 trillion dollar, jumladan, 14 iyun kuni 206 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda “Bloomberg Billionaires Index” xabar berdi.

Dunyodagi besh yuzta eng boy odam  1,4 trillion dollar yo‘qotdi

“Bloomberg” "Milliarderlar indeksi"ga ko‘ra, boyliklarini yo‘qotish bo‘yicha “Binance” kriptovalyuta birjasining asoschisi Chanpena Chjao yetakchi bo‘lgan. U yil boshidan buyon 85,6 milliard dollar yo‘qotgan va boylar reytingda 190-o‘rinni egallagan.

Yo‘qotishlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Tesla va Space X asoschisi Ilon Mask turibdi. Uning boyligi jami 73,2 milliard dollarga kamaygan.

Amazon asoschisi Jeff Bezos 65,3 milliard dollar yo‘qotishlar bilan reytingda uchinchi o‘rinni egallagan. Meta rahbari Mark Sukerberg esa 64,4 milliard dollar zarar bilan to‘rtinchi o‘rinni band qilgan. Beshinchi o‘rindan Louis Vuitton Moët Hennessy prezidenti Bernara Arno joy olgan. U yil boshidan beri 56,8 milliard dollar zarar ko‘rgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!