Dunyo futboli afsonasi 80 yoshni qarshi oldi

Dunyo futboli afsonasi 80 yoshni qarshi oldi

Braziliya futbol konfederasiyasi tvitterda dunyo futboli afsonasi Peleni yubileyi bilan tabrikladi.

O‘yinchi sifatida uch marta jahon chempioni bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchi bugun 80 yoshga to‘ldi.

«Futbol Qirolligi o‘z afsonasining 80 yilligini nishonlamoqda! Dribling bilan barchani xursand qilgan afona to‘pdan keyin to‘p kiritib, unvondan keyin unvonga sazovor bo‘ldi. Uning muxlislari chin dildan tabriklash uchun birlashishdi: tabriklaymiz, Pele! " - deyiladi xabarda.

Faoliyati davomida 1363 uchrashuvda 1289 gol urgan braziliyalik futbolchi FIFA talqiniga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi o‘yinchisidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!