Dunyo bo‘ylab har yetti daqiqada bir o‘smir zo‘ravonlik oqibatida vafot etadi

Dunyo bo‘ylab har yetti daqiqada bir o‘smir zo‘ravonlik oqibatida vafot etadi

So‘nggi yillarda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonliklar soni oshib bormoqda. Har yili kamida bir milliard bola u yoki bu zo‘ravonlikka duch keladi. Bu dunyo bolalarining yarmi demakdir. Dunyodagi 2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘rtdan uch qismi - taxminan 300 million nafari uyda o‘z qarovchilari tomonidan ruhiy tazyiq yoki jismoniy jazoni boshdan kechiradi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 30 ta mamlakatda bir yoshli bolalarning taxminan 10 tadan 6 tasi muntazam ravishda zo‘ravonlikka asoslangan tarbiya asosida voyaga yetmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dunyo bo‘ylab har yetti daqiqada bir o‘smir zo‘ravonlik oqibatida vafot etadi. Qayd etilishicha, nogironligi bo‘lgan bolalar nogironligi bo‘lmagan bolalarga qaraganda zo‘ravonlikni boshdan kechirish ehtimoli deyarli to‘rt barobar yuqori. To‘rtta yosh boladan uchtasi o‘z tarbiyachilari tomonidan muntazam ravishda zo‘ravonlikka asoslangan ravishda tarbiya qilinadi. Maktab yoshidagi bolalarning yarmi - 732 million nafari maktabda jismoniy jazo to‘liq taqiqlanmagan mamlakatlarda yashaydi.

Mamlakatda bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini, qadr-qimmatini muhofaza qilish, uning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida qaralmoqda. Bugun bolalar majburiy mehnatiga butunlay chek qo‘yildi, mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun javobgarlik kuchaytirildi. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi oshirilib, maktab ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi. Iqtidorli bolalar o‘zlarini namoyon qila olishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Prezident maktablari, maxsus iqtidorli bolalar maktablari, ijod maktablari va “Temurbeklar maktabi” tashkil etilgani ham shular jumlasidan.

Mavjud qonunchilikda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. Jumladan, ota-onalar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi hamda zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilishi shartligi, bolalarni tarbiyalashda ularni jismoniy jazolash taqiqlanishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, qonunda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, zo‘ravonlikka uchragan bolalarga himoya orderi berish va bepul huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish lozimligi qayd etilgan.

Soha vakillarining ta’kidlashicha, zo‘ravonlik tufayli jabrlangan shaxs ariza bilan tegishli vakolatli organlarga yoki sudga murojaat etishi, maxsus markazlarda, shuningdek telefon liniyasi orqali bepul huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olishi mumkin.

Shu bilan birga, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Bu himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan o‘ttiz kun muddatgacha berilishi va vakolatli davlat organi ishtirokida jabrlanuvchiga topshirilishi aytilgan. Agar tahdid hali bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakili arizasiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan bir yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy yilning 31 mayida qabul qilingan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi

Дам олиш кунлари республика ҳудудига Каспий денгизи жанубидан нам ва нисбатан салқин ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Ҳудуднинг катта қисмида ёғингарчиликсиз об-ҳаво сақланиб туради, фақат марказий ва шарқий ҳудудларда баъзи жойларда ёмғир ёғади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда айрим жойларда кучли бўлиши, баланд тоғларда қорга айланиши мумкин.

Ukrainaga «Barcha bombalarning otasi» tashlandi

Россия Украинада «йирик ядровий бўлмаган бомба» ташлаб, шаҳар биноларини йўқ қилган лаҳза кўрсатилди.

"Uzbekistan Airways" yo‘lovchilarni ogohlantirdi

2024 йил 1 октябрь куни HY304 Тел-Авив - Самарқанд - Тошкент йўналишидаги авиақатнов мажбурий кечиктирилди

Rossiya elchisi qo‘rqib ketdi

Россиянинг Вашингтондаги элчиси Анатолий Антонов журналистларга Россиянинг АҚШдаги дипломатларига «жисмоний зўравонлик билан таҳдид қилинмоқда», деди.

Nobel qo‘mitasining qaroridan Isroil shok holatiga tushib qoldi

Нобель қўмитаси 3 октябрь, пайшанба куни 2024 йилги тинчлик бўйича Нобель мукофотига номзодлар рўйхатини эълон қилди.

Rossiya alanga ichida qoldi

Киев кучлари Россияни ҳаводан бомбардимон қилишни кучайтириб, ёқилғи омборлари, аэродромлар ва ўқ-дорилар омборларини нишонга олмоқда.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi rahbari bugun qiziqarli bayonot berdi

Bloomberg агентлигининг таъкидлашича, АҚШ ва Исроил Эроннинг Форс кўрфазидаги нефть инфратузилмасига зарба бериш имкониятини муҳокама қилмоқда.

Isroil Rossiya bazasi joylashgan hududga hujum qildi

Бу ҳақда Сурия расмийларига яқин ижтимоий тармоқлардаги аккаунтлари хабар берди.

Agar Qo‘shma Shtatlar o‘ylamasdan harakat qilsa mintaqadagi AQSh bazalariga zarba berishga tayyormiz

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилди.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Afg‘oniston: Biz 2 imperiyani yo‘q qildik, keyingisi – AQSh

"СССР Афғонистонга кирганида уларнинг империяси парчаланиб, Россияга айланди".

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Бундан тўрт кун олдин, яъни 2024 йил 23 сентябр куни Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш концепциясини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 600-сонли қарори қабул қилинди.

"Salimboyvachcha" interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berildi

Разведка хизматларининг хабар қилишича, Кўлбоевнинг уюшган жиноий гуруҳи криминал авторитет Салим Абдувалиевнинг "Биродарлар доираси" халқаро жиноий гуруҳи таркибига киради.

O‘zbekistonda 1—4 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo e’lon qilindi

Ўзбекистонда 1—4 октябрь кунлари ўртача илиқ ва асосан қуруқ об-ҳаво кузатилади, деб хабар бермоқда “Ўзгидромет”.

Tel-Avivda kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Бу ҳақда РИА Новости хабар бермоқда .

Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etadi!

Эслатиб ўтамиз, Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"ни 2016 йилдан буён бошқариб келмоқда.

Turkiyada O‘zbekiston fuqarolari jinsiy a’zolarida 9 kg dan ortiq tilla olib o‘tayotganida qo‘lga olindi (VIDEO)

Қуймаларни олиб ташлаш учун операция қилиш керак эди.

Fransuz generali NATO Rossiya uchun qanday «syurpriz» tayyorlayotganini aytdi

Келаси йили Франция Россияга қаршилик кўрсатишга қодир эканини исботлаши керак.

Putin Erdo‘g‘ondan "yaxshigina turkcha sovg‘a" oldi

Ушаковнинг сўзларига кўра, Эрдўған икки етакчининг кечаги суҳбати олдидан атайлаб совға юборган.

Bayrutda Hizbulloh shtab-kvartirasi rahbari o‘ldirildi

Хабарга кўра, у Эрондан логистика ва қурол-яроғ етказиб бериш, шунингдек, Ҳизбуллоҳ бўлинмаларига қурол-яроғ тарқатиш учун масъул бўлган.

Dunyo bo‘ylab har yetti daqiqada bir o‘smir zo‘ravonlik oqibatida vafot etadi

Ҳар йили камида бир миллиард бола у ёки бу зўравонликка дуч келади. Бу дунё болаларининг ярми демакдир. Дунёдаги 2 ёшдан 4 ёшгача бўлган болаларнинг тўртдан уч қисми - тахминан 300 миллион нафари уйда ўз қаровчилари томонидан руҳий тазйиқ ёки жисмоний жазони бошдан кечиради.

Putinning Sochidagi qarorgohi nega buzib tashlandi?

Журналистларга кўра, бинони бузиш март ойида якунланган.

Berlinda Isroilga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Намойишчилар "Фаластинни озод қилинг" дея ҳайқиришган.

Fahrettin Altun: "Bugun insoniyat tarixidagi eng zulmatli sahifalar yozilmoqda"

Туркия Республикаси Президенти ҳузуридаги Коммуникация Бошқармасининг бошлиғи Профессор Фаҳреттин Альтун Ғазодаги можаролар ҳақида фикр билдирди.

Isroil Hizbulloh shtab-kvartirasi qo‘mondoni tugatilganini e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил матбуот хизмати хабар берди .

Suriyada AQShda ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘ omborlari topildi

23 сентябрдан бери Россия Аэрокосмик кучлари (ВКС) зарбаларига учраган Суриядаги ноқонуний қуролли гуруҳларнинг бошпаналарида АҚШда ишлаб чиқарилган 16 та қурол-яроғ омбори топилди.

Floridada bo‘ron tufayli favqulodda holat e’lon qilindi

АҚШ президенти Жо Байден штатга яқинлашиб келаётган «Милтон» тўфони сабабли Флоридада фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Hizbullohga jamoaviy rahbarlik qilish ehtimoli bor

Ливандаги Ҳизбуллоҳ шиа ҳаракати, унинг бош котиби Ҳасан Насруллоҳ Исроил томонидан тугатилгандан сўнг, биргаликда бошқарилади. Бу ҳақда Лондонда нашр этиладиган араб тилидаги Ал-Шарқ ал-Аwсат газетаси манбаларга таяниб хабар бермоқда .

Tramp Ukrainaga deyarli 300 milliard dollar ajratilishini tanqid qildi

Бу ҳақда Американинг Fox News телеканали хабар берди .

Kim Chen In harbiy qudratli davlat qurilishi jadallashishini e’lon qildi

Бу ҳақда Пхенян Корея марказий ахборот агентлиги ( КCНА ) хабар берди.

Finlyandiya professori fikricha, NATO kelajagi xavf ostida Professor Malinenning aytishicha, Rossiya tufayli NATO kelajagi xavf ostida

НАТО келажаги хавф остида, чунки альянс жанг майдонида Россияни мағлуб эта олмайди. Бу фикрни Хелсинки университети профессори, геосиёсатчи Туомас Малинен Х ижтимоий тармоғида билдирди.

Xarris Eronni boshqa davlatlar orasida Qo‘shma Shtatlarning asosiy dushmani deb atadi

Эрон дунёдаги барча давлатлар орасида Қўшма Штатларнинг асосий душманидир. Бу ҳақда АҚШ вице-президенти ва Демократик партиядан давлат раҳбари лавозимига номзод Камала Харрис CБС телеканалига берган интервьюсида маълум қилди .

G‘azo fojiasiga bir yil: Erdo‘g‘on Netanyahu borasida keskin bayonot berdi

Исроил Бош вазири Бинямин Нетаняху ҳам худди нацистлар етакчиси Адолф Гитлер тўхтатилганидек тўхтатилади. Бу ҳақда Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон Х ижтимоий тармоғида ёзди.

Xavotirli jarayon: Antarktidada yashil hududlar shiddat bilan ko‘payib bormoqda

Британия олимлари Антарктидада яшил ҳудудлар кўпайиб бораётганидан огоҳлантирди. Сўнгги 40 йил ичида Антарктида ярим оролида ўсимлик қоплами деярли 10 баробар ошди.

Rossiya selitrasi yuklangan MV Ruby kemasi "mega-bomba" deb atalmoqda va uning Yevropa portlariga kirishiga ruxsat berilmayapti

Мамлакат расмийлари кемани "сузувчи мега-бомба" деб атади ва Россия томонидан қўпорувчилик эҳтимолидан хавотир билдирди.

Namanganda o‘quvchilar ijaraga olgan Gentra YTHga uchradi

ЙТҲ оқибатида Gentra ҳайдовчиси бўлган 17 ёшли ўсмир шифохонага олиб борилаётганида вафот этган.

Pokistonda Xitoy kompaniyasiga tegishli avtomobillar kolonnasi portlatib yuborildi

Ҳодиса оқибатида камида икки нафар Хитой фуқароси ҳалок бўлган. Хитойнинг Покистондаги элчихонаси бир киши яраланганини маълум қилган.

Ukraina dronlari Qrimdagi neft bazasiga zarba berdi

Оқибатда нефт базасида ёнғин содир бўлди.

Vyetnamdagi hayvonot bog‘ida o‘ndan ortiq yo‘lbars parranda grippidan nobud bo‘ldi

Reuters хабарига кўра, йиртқичлар касал товуқлар гўшти билан озиқланганидан кейин нобуд бўлган.