Evropa Ittifoqi rasmiylari Vengriyaning Ukrainaga bergan 6,6 milliard yevrolik yordam vetosini chetlab o‘tish yo‘llarini qidirmoqda.
Bloomberg nashrining yozishicha, Yevropa Ittifoqining tashqi harakatlar xizmati a’zo davlatlarga Yevropa tinchlik jamg‘armasiga ixtiyoriy hissa qo‘shishga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Kelajakda bu bir ovozdan qo‘llab-quvvatlash izlashdan ko‘ra, mablag‘larni berganlarning roziligi bilan o‘tkazish imkonini beradi.
Vengriya bir yildan ko‘proq vaqt davomida yordamni to‘xtatish uchun o‘z ovozidan foydalanib, a’zo davlatlarni boshqa variantlarni izlashga majbur qilmoqda. Yevropa Ittifoqining ko‘plab muhim qarorlari bir ovozdan qabul qilinishi kerakligini hisobga olsak, reja qo‘llab-quvvatlanadimi, noma’lum. Suhbatdoshlarga ko‘ra, YEI elchilari seshanba kuni uchrashib, tafsilotlarga aniqlik kiritishadi.
Bosh vazir Viktor Orban Rossiya qo‘shinlari bostirib kirganidan 2,5 yil o‘tib, Yevropa Ittifoqining Ukrainaga urushda yordam berishga urinishlariga tobora ko‘proq qarshilik qilmoqda. Vengriyaning Kiyevni moliyalashtirish masalasida murosasizligi diplomatlar orasida Budapesht vetosini qanday neytrallash borasidagi munozaralarga sabab bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
Путиннинг таклифлари қуйидагилардан иборат: Украина НАТОга қўшилмаслиги шарт ва Россия ўзи ҳозир Россияга қўшиб олганини эълон қилган Украинанинг тўртта вилоятининг бутун ҳудудига эга бўлиши керак.
Ташкилот конгрессида 2030 йилги мундиал бир вақтнинг ўзида олти мамлакат - Марокаш, Испания, Португалия, Аргентина, Уругвай ва Парагвайда ўтиши белгиланди.
Бир кун аввал Сурия мухолифати Дамашқ ва унинг атрофида «пойтахтнинг марказий маҳаллаларида оммавий талон-торож қилишни тўхтатиш» мақсадида жорий қилган комендантлик соати бекор қилинди.