Afrikada 2024 yilning 1 yanvaridan 29 sentyabriga qadar mpox (maymun chechagi virusining yangi nomi) infeksiyasi bilan bog‘liq 35 mingdan ortiq gumon qilingan holatlar va ushbu kasallikdan 1000 ga yaqin o‘lim holatlari aniqlandi, deb yozadi TASS axborot agentligi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Afrikadan 35 525 gumon qilingan mpox holatlari qayd etilgan, shu jumladan 996 kishi vafot etgan. 23 sentyabrdan 29 sentyabrgacha bo‘lgan bir hafta ichida virusni yuqtirganlar soni 4098 nafarga, vafot etganlar soni esa 156 nafarga ko‘paygan.
Yil boshidan beri shifokorlar Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) 30 766 maymun chechagi bilan kasallangan va 990 kishi vafot etganini aniqlagan. Ikkinchi o‘rinda Burundi turibdi, yil boshidan buyon 1368 kishi maymun chechagi virusini yuqtirganlikda gumon qilingan. Bu mamlakatda o‘lim holatlari qayd etilmagan.
Mpox virusi butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarda dastlab 2022 yil iyuldan 2023 yil 11 maygacha amal qilgan. Kasallik holatlari kamaygani sababli u to‘xtatildi, biroq joriy yilning 14 avgust kuni JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Afrikada kasallik avj olgani sababli yana favqulodda holat e’lon qildi.
Mpox virusli kasallik bo‘lib, u asosan markaziy va g‘arbiy Afrikaning chekka hududlarida tropik o‘rmonlar yaqinida uchraydi. Ushbu kasallik hayvonlardan odamlarga yuqishining birinchi holati 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Тожикистоннинг Суғд вилояти Конибодом туманида 8 декабр куни бир оиланинг олти аъзоси — эр-хотин ва уларнинг тўрт нафар фарзанди қотиллик қурбонига айланди.
«Bulgartransgaz келишувдаги мажбуриятларини қатъий бажаришни давом этади ва хизмат ҳақи тўланмаса, табиий газ транзитига йўл қўймайди», — дейди мамлакат энергетика вазири Владимир Малинов.
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
Айни вақтда «Абу Валид» лақаби билан интернетга видео тасвирлар жойлаб бораётган Нуриддинов Худоёр Бахтиёр ўғлига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қидирув эълон қилинган. Бу ҳақда ИИВ хабар берди.