Iordaniya Livandan 44 kishini evakuasiya qildi
Iordaniya qiroli Abdulla II ko‘rsatmasiga ko‘ra, dushanba kuni Iordaniya Qirollik havo kuchlari bortida 44 nafar iordaniyalik Livandan evakuasiya qilindi.
“Evakuasiya Livanda davom etayotgan Isroil tajovuzi fonida iordaniyaliklarning xavfsiz qaytishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan muvofiqlashtirilgan rejaning bir qismi edi. Unda Iordaniya qurolli kuchlari – Arab armiyasi, xavfsizlik xizmatlari, Ichki ishlar vazirligi hamda Xavfsizlik va inqirozni boshqarish milliy markazi Livanning tegishli organlari bilan hamkorlikda ishtirok etdi”, – dedi Iordaniya TIV matbuot kotibi Sufyon al-Quda.
Evakuasiya jarayonini osonlashtirish uchun Iordaniyaning Livandagi elchixonasidan bir guruh Bayrut xalqaro aeroportiga joylashtirildi.
Iordaniya hukumat idoralarining qo‘shma inqiroz guruhi Livan Respublikasidan iordaniyaliklarni evakuasiya qilishni Livanning vakolatli organlari bilan kelishilgan holda davom ettirishi kutilmoqda.
Iordaniya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyi boshidan buyon 3219 nafar Iordaniya fuqarosi Amman xalqaro aeroporti orqali Livandan vataniga qaytgan.
Samolyot dushanba kuni Bayrutdagi Rafiq Hariri xalqaro aeroportiga yetib kelib, Livanga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazdi.
Iordaniya vaziri Livan xalqi bilan birdamlikni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Isroilning Livanga qarshi harbiy harakatlarini qoraladi.
Isroilning Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishi boshlanganidan buyon Iordaniya Bayrutga 110 tonna oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy buyumlar olib kelgan 7 ta gumanitar yordam samolyotini yubordi.