DTM: "Test natijalari bugun kechgacha e’lon qilinadi"

DTM: "Test natijalari bugun kechgacha e’lon qilinadi"

Qoida bo‘yicha test sinovlari bugun e’lon qilinadi. Ertalab "Yoshlar" telekanalining "Davr" dasturida ham mandat bugun chiqishi aytilgan.

Davlat test markazidan ma’lum qilishlaricha, oxirgi imtihon 15 avgust kuni Buxoroda bo‘lgan, uning natijalari esa 16 avgustda e’lon qilingan.

"Mandatni aniqlash aynan 16 avgustdan boshlangan. Demak, qoidasi bo‘yicha mandat bugun chiqishi kerak, ya’ni bir haftadan keyin. Xudo xohlasa, kechgacha e’lon qilinadi", degan DTM vakili.

Eslatib o‘tamiz, mandat haqida DTM saytida xabar beriladi. Shuningdek, javoblar varaqasi ma’lumotlarini yozib ham tekshirib ko‘rish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!