Diyor Imomxo‘jayev: "Harom pulga kun ko‘radiganlardan JCh yo‘llanmasini kutish kulgili"

Diyor Imomxo‘jayev: "Harom pulga kun ko‘radiganlardan JCh yo‘llanmasini kutish kulgili"

Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga chiqa olmagani va o‘ziga bildirilgan haqoratlarga munosabat bildirdi.

"Ba’zi odamlarimizni tushunmay o‘lib ketsam kerak. Ayrim fikrlarni o‘qib, ko‘ngil ozadi. Karyerasi davomida klublarning harom puliga kun ko‘rgan odamlar-u, yoniga ozgina qo‘shib bersa sizniyam qo‘shib sotadigan agentlardan JCh yo‘llanmasini kutganingizning o‘zi kulguli. Ketmon o‘zidan-o‘zi uchmay qolmaydi, biz nimani noto‘g‘ri qilayotganimiz O‘ziga ayon. Eng tepada bizga o‘xshaganlarni himoya qilib turgan odam bo‘lmaganida, ayrimlar futbolni yamlab yutib yuborardi.

Menga bo‘layotgan haqoratlar norm hodisa, bu ishimning bir qismi. Ammo o‘sha haqoratlarga tupurgan joyim bor. Chunki na futbolga va na vatanga hiyonat qilib ishlagan odam emasman, tarbiyamiz shunaqa", deb yozdi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!