Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari davlat oziq-ovqat zaxiralarini boshqarish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rgandi.
Ko‘pgina rivojlangan davlatlar, shu jumladan AQSH, Xitoy, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va boshqalar don va oziq-ovqat zaxiralarini g‘amlaydi. Biroq, zaxiraga olish standartlari turlicha. Shveysariya va AQSh kabi ba’zi mamlakatlarda g‘amlangan oziq-ovqat zaxiralari 5 yil davomida zarur miqdordagi oziq-ovqat taqsimotini ta’minlash uchun yetarli.
Har bir mamlakatda oziq-ovqat zaxiralarini boshqarish uchun ixtisoslashgan tashkilotlar tashkil etilgan. Masalan, Hindistonda bu masala bilan Hindiston oziq-ovqat korporasiyasi, Xitoyda XXR Taraqqiyot va islohotlar milliy komissiyasi huzuridagi Oziq-ovqat va moddiy resurslar davlat boshqarmasi, Rossiyada Davlat zaxiralari bo‘yicha federal agentlik, Qozog‘istonda “Oziq-ovqat korporasiyasi MK” AJ, Moldovada Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Moddiy zaxiralar agentligi shug‘ullanadi.
Mamlakatlarda markazlashtirilgan fondlardan tashqari hududiy barqarorlashtirish fondlari ham faoliyat yuritadi. Ular oziq-ovqat xavfsizligini hududlar, respublika ahamiyatiga molik shaharlar, poytaxtlar darajasida ta’minlash, shuningdek, narxlarni barqarorlashtirish mexanizmlarini samarali va o‘z vaqtida qo‘llash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq vazifalarni bajaradi.
Narxlarning jiddiy tebranishini bartaraf etishning samarali vositalaridan biri intervension xaridlardir. Bu usul 2013-yildan beri Yevropa Ittifoqida faol qo‘llanilmoqda. Yevropa Ittifoqida oziq-ovqat xavfsizligi ham integrasiya fondi hisobidan ta’minlanadi. Uning kattagina qismi sut mahsulotlari, don, shakar bozorini barqarorlashtirish, shuningdek, belgilangan yagona narxlarni saqlash uchun ajratiladi.
Shunday qilib, har bir mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat zaxiralarini boshqarish uchun mas’ul tegishli organlar tashkil etilgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat zaxirasi uchun davlat xaridlari amalga oshiriladi va u quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
- oziq-ovqat bozorida talab va taklif muvozanatini ta’minlash;
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini bilvosita tartibga solish.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.
АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.
Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.
Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.
Украина Ташқи разведка хизмати Россиянинг 20 та заводи ҳақида ишончли маълумотларга эга. 2024-2025 йиллар мобайнида Россия ва Хитой ўртасида авиация соҳасидаги ҳамкорликнинг камида 5 та ҳолати қайд этилган.
Украина Фавқулодда ҳолатлар давлат хизмати маълумотларига кўра, Хмелницкий вилоятида тўрт киши ҳалок бўлгани ва беш киши яралангани ҳақида хабар берилган.
Истанбулда ўтказилган Украина ва Россия делегациялари ўртасидаги музокаралар пайтида тўрт тилда таржима ташкил этилди, бу эса томонларга самарали ахборот алмашиш имкониятини яратди.
Ғазо ҳукуматининг Оммавий ахборот воситалари бошқармаси анклавда озиқ-овқат етишмаслиги туфайли ҳомиладор аёлларда 300 та ҳомила тушиши ҳолатини қайд этди.
Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.
АҚШ Ҳарбий разведка бошқармасининг (DIA) "2025 йилгача глобал таҳдидларни баҳолаш" йиллик ҳисоботига кўра, Москва Украинага қарши урушда ўз мақсадларига эришишни давом эттирмоқда.