Dahshatli qotillik! Ona va uning uch o‘g‘li o‘ldirib ketildi

Dahshatli qotillik! Ona va uning uch o‘g‘li o‘ldirib ketildi

Bu vahshiylik natijasida ona va uning uch o‘g‘li o‘ldirildi va faqatgina bir qiz tirik qolgani aytilmoqda.

Bu jinoyat ishi yuzasidan Bosh Prokuratura rasmiysi Surayyo Rahmonova UzNews.uz ga quyidagilarni ma’lum qildi

Xo‘jayli tumani, Sarishungul OFY, Shodlik ko‘chasida 2019 yil 28 mart kuni soat 07:30da fuqaro K.K.ning yashash xonadoni oldidagi 3-4 metr chuqurlikdagi aylana shakldagi quduq ichidan fuqaro 02.02.1995 yilda tug‘ilgan U.T. va voyaga yetmagan 23.12.2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘li I.K.ning, uy ichkarisidagi yotoqxonadan 16.01.2017 yilda tug‘ilgan M.K. va 02.06.2015 yilda tug‘ilgan K.I.larning murdalari topilgan.

Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, U.T. va uning voyaga yetmagan farzandi X.I. nafas yo‘llariga suv tiqilishi oqibatida, M.X. va X.I.lar nafas yo‘llari bug‘ilishi oqibatida vafot etganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan 28.03.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovni borishi ustidan Bosh prokuror Otabek Murodovning alohida nazorati o‘rnatilgan. Qotillik sodir etgan shaxsni aniqlash bo‘yicha barcha zaruriy tezkor-tergov choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!