Dahshat! “Ko‘k kit” o‘yinining davomchisi chiqdi

Dahshat! “Ko‘k kit” o‘yinining davomchisi chiqdi

"The Mirror" nashrining xabar berishicha, mashhur "Ko‘k kit"ning davomchisi deya atalayotgan “MOMO” deb nomlangan o‘yin tarmoqda ommalashib bormoqda.

Aytilishicha, bolalarga “WhatsApp” messenjeri orqali MOMO taxallusini olgan noma’lum odam yozadi. Avvaliga u bolalarga turli zo‘ravonlik sahnalari aks etgan tasvirlarni jo‘natadi, undan keyin esa o‘z ko‘rsatmalarini bajarishini so‘raydi. Agar bola rad etsa, MOMO tahdid qila boshlaydi.

Bu o‘yin haqidagi birinchi ma’lumot meksikaliklar tomonidan e’lon qilindi. Tabacko shtatidagi (Meksika) kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar ta’kidlashicha, o‘yin bolalarning ruhiga salbiy ta’sir qiladi va allaqachon o‘z joniga qasd qilish hollari kuzatilgan. O‘yinning murabbiylari WhatsApp orqali foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini bilib oladi va bolalarni o‘z joniga qasd qilishga yoki zo‘ravonlikka majbur qilishadi.

Argentinada ushbu o‘yin tufayli o‘z joniga qasd qilish hodisasi allaqachon qayd etildi. Bola video tomosha qilganidan va MOMO bilan yozishganidan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.

O‘yin kuratorining avatarida rassom Midori Xayashining “Vanilla Gallery” uchun ishlangan qo‘rqinchli haykallaridan birining surati joylashtirilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!