Dahshat! Koronavirusga chalingan tibbiy xodimlar kamida 10 tacha chaqaloqqa virus yuqtirdi

Dahshat! Koronavirusga chalingan tibbiy xodimlar kamida 10 tacha chaqaloqqa virus yuqtirdi

Ruminiyaning Timisoara shahrida kamida o‘nta yangi tug‘ilgan chaqaloq kasalxona xodimlaridan koronavirus yuqtirgan. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

Rasmiylar tomonidan o‘tkazilgan tergov shuni ko‘rsatdiki, bu bolalarning onalari virus yuqtirmagan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar koronavirusni tibbiy xodimlardan yuqtirgan.

Onalardan biri kasalxonada himoya niqoblari kiymaganligini aytdi. "So‘nggi ikki kun ichida men dahshatli filmda yashayotganday bo‘ldim", deb shikoyat qildi u.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tashqari bittasi uyga o‘zini izolyasiya qilish uchun yuborilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!