COVID-19 bilan kasallanish holati dunyo bo‘yicha 592 million kishidan oshdi

COVID-19 bilan kasallanish holati dunyo bo‘yicha 592 million kishidan oshdi

11 avgustgacha dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanish holati 592 million 129 ming 86 kishiga yetdi, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarqatgan hujjatda.

Aholisining 20 milliondan ortig‘i kasallangan mamlakatlar ro‘yxatida AQSH, Hindiston, Fransiya, Braziliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Janubiy Koreya qayd etilgan.

Kasallik tarqalgandan buyon dunyo bo‘yicha 6 million 444 ming 786 kishi virus yuqtirish oqibatida vafot etdi.

Aholisi eng ko‘p kasallangan va nobud bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati quyidagicha:

AQSh – 94 348 507 va 1 060 755.

Hindiston – 44 203 754 va 526 826.

Fransiya –34 144 969 va 152 91.

Braziliya – 34 096 935 va 680 852.

Germaniya – 31 379 757 va 145 241.

Buyuk Britaniya – 23 368 899 va 185 052.

Italiya – 21 400 179 va 173 571.

Janubiy Koreya – 20 983 169 va 25 441.

Amerikaning dunyodagi muhim voqealar bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ixtisoslashgan Worldometer portalida keltirilishicha, o‘lim koeffisiyenti sayyoramiz aholisining har 1 million kishisiga – 826,0 kishini tashkil etmoqda.

Bu ko‘rsatkich Hindistonda 1 million kishiga 374 kishini, Braziliyada – 3 153, Fransiyada – 2 329, Germaniyada – 1 719, Buyuk Britaniyada – 2 696, Italiyada – 2 874, Janubiy Koreyada – 493 jonni tashkil etgan. AQSh bo‘yicha ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!