Chorvachilikning sutchilik tarmog‘i jadal rivojlantiriladi

“Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-172-son, 14.05.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etish;
🔹 865 nafar aholi va dehqon xo‘jaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizasiya qilishga 250 ming AQSh dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;
🔹 sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta’minotini ishga tushirish.
📌 Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2025–2031 yillar) etib belgilangan.