Chortoqda 1,1 milliard so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Chortoqda 1,1 milliard so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chortoq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “H.g." MCHJ va “K.T.” fermer xo‘jaligi rahbari B.Q. va boshqalar ta’minotchi korxona sifatida 46 nafar fuqaroga chorvachilik faoliyatini rivojlantirish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1,1 mlrd so‘m imtiyozli kredit evaziga mahsulotlarni yetkazib bermasdan ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!