Chiroqchida 32 ta mahalla Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkaziladi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yig‘ini Prezident tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqda Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining tegishli qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, Chiroqchi tumanidagi “Ayritom”, “Baxt”, “Beglamish”, “Ko‘kdala”, “Qanotli”, “Naymansaroy”, “Oltin boshoq”, “Oltin dala”, “Paxtalisoy”, “Soybo‘yi”, “Taloqtepa”, “Toshli”, “Umakay”, “O‘tamayli”, “Xarduri”, “Xo‘jaobod”, “Xushali”, “Chorvador”, “Sho‘rbozor”, “Sho‘rquduq”, “Eski anxor”, “Torjilg‘a”, “Guliston”, “Annaruz”, “Zum”, “G‘allakor”, “Qumdaryo”, “Suvliq”, “To‘qmor”, “Uymovut”, “Chiyal” va “Chuvulloq” mahalla fuqarolar yig‘inlari yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
