Chirchiqda fuqaro simeyog‘ochlarga tegib turgan tut daraxtlarini kesib tashladi

Chirchiqda fuqaro simeyog‘ochlarga tegib turgan  tut daraxtlarini kesib tashladi

Toshkent viloyatida fuqaro uch tup daraxtni kesgani uchun javobgarlikka tortiladi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro uch tup tut daraxti kesib ketilgani bo‘yicha viloyat viloyat ekologik qo‘mitasiga murojaat qilgan.

Do‘stlik mahallasidagi tut daraxtlarining tepa shoh qismlari elektr energiyasining sim yog‘ochiga tegib turgani aholiga elektr energiyasini yetib borishida noqulayliklar keltirib chiqqargani sababli fuqaro B.SH. tomonidan o‘zboshimchalik bilan hech qanday ruxsatnomasiz daraxtlar kesib tashlangan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan dalolatnoma tuzilib, ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirildi.

“Shu o‘rinda fuqarolarga eslatib o‘tmoqchimiz, o‘zboshimchalik daraxtlarni kesmang. Zero, bunday harakatlar sodir etgan huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini unutmang”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!