Chevrolet dunyoning eng ishonchli avtomobillari reytingidan joy oldi

A A A
Chevrolet dunyoning eng ishonchli avtomobillari reytingidan joy oldi

J.D.Power agentligi o‘zining ishonchli avtomobillar Vehicle Dependability Study reytingini e’lon qildi. Bir yil avvalgidek, unda birinchi o‘rinni Lexus (PP100 indeksida 135 ball), ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Toyota (147) va Buick (149) egalladi.

PP100 indeksi 100 ta mashinaga tushgan shikoyatlar sonida ifodalanadi. Lexus avtomobillariga mijozlardan eng kam (135 ta) e’tiroz bo‘lgan, demak brend reytingda shuncha ball to‘plagan.

Qayd qilinishicha, eng ko‘p shikoyat multimedia tizimlari bilan bog‘liq. Elektron yordamchilarning bildirishnomalari sonining ko‘payishi ham mijozlarni asabiylashtirgan.

Shu bilan birga, elektromobillar ustidan shikoyatlar soni benzinli avtomobillarnikidan ko‘proq bo‘lgan – 256 ga nisbatan 187 ball. Bunda shikoyatlarning aksariyati shinalar eskirishining ortishi bilan bog‘liq.

Eng ishonchli avtomobillar reytingida Chevrolet brendining 3 ta avtomobili (Equinox, Tahoe, Traverse) ham yuqori o‘rinlarni egallagan. Ushbu avtomobillar O‘zbekiston bozorida ham sotiladi.

Reytingning eng quyi qismini Chrysler egalladi - uning PP100 reytingi 310 ball. Audi (275), Land Rover (268), Volkswagen (267) va Tesla (252) ham eng yomon ko‘rsatkichlarni qayd qilgan.

Reyting uchun ma’lumotlar 3 yil davomida avtomobildan foydalangan haydovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov asosida to‘plangan. Ularga 9 ta toifaga ajratilgan 184 ta muammo yuzasidan savol berilgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!