ChatGPT tufayli yo‘qolishi mumkin bo‘lgan 10 ta kasb e’lon qilindi
ChatGPT yaratilganidan so‘ng dunyo bo‘ylab sun’iy intelekt sabab insonlar ishsiz qolishi haqida vahima paydo bo‘la boshladi. Ayrimlar bunga qo‘shilmaydi, boshqalar esa bu xavfdan ogohlantirmoqda.
Business Insider nashri ChatGPT sabab yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan 10 ta kasbni e’lon qildi:
1.texnik vakansiyalar (koderlar, dasturchilar, dasturiy ta’minot muhandislari, ma’lumotlar tahlilchilari);
2.Media ishlari (reklama, kontent yaratish, kopirayting , jurnalistika);
3.yuridik sohadagi ish o‘rinlari (parayurist, yurist yordamchisi);
4.marketologlar;
5.o‘qituvchilar;
6.moliyaviy ish o‘rinlari (moliyaviy tahlilchilar, shaxsiy moliyaviy maslahatchilar);
7.treyderlar;
8.grafik dizaynerlar;
9.buxgalterlar;
10.qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari.
Sun’iy intelekt bo‘yicha prognozlar ko‘pincha o‘zini oqlamaydi. Masalan, 2013 yilda Oksford univerisiteti tadqiqoti keyingi 20 yil ichida AQShdagi ish o‘rinlarining yarmini sun’iy intelekt egallashini kutgan edi. Biroq, bu kutilmalar hozircha o‘zini oqlagani yo‘q.
Yaqinda Goldman Sachs ham umumiy sun’iy intelekt vositalari sabab dunyo bo‘ylab 300 mln nafardan oshiq xodim ish o‘rinlarini yo‘qotishi kutilayotganini e’lon qildi.
Prognozlar bor. Ammo butkul yangi texnologiya insoniyatni qanday davrga olib kirishi noma’lum.
