"CASEA" bosh direktori Rudi Fang Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi haqida fikr bildirdi

"CASEA" bosh direktori Rudi Fang Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi haqida fikr bildirdi

"CASEA" Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes-palatasi bosh direktori bosh direktori Rudi Fang (Singapur) "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrif haqidagi fikrlarini bildirdi:

-Markaziy Osiyo mintaqasi bilan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan Singapur biznes hamjamiyatining vakili sifatida men O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qo‘shni Tojikistonga davlat tashrifini katta qiziqish bilan kuzatdim.

Mening qiziqishimga sabab bo‘lgan bir qator omillar mavjud. Birinchidan, Singapur biznesi, dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi kompaniyalar singari, katta bozorlarga qiziqadi. Shu sababli, mamlakatlar mintaqadagi qo‘shnilari bilan yaqin aloqada bo‘lib, birgalikda umumiy bozorni shakllantirish uchun huquqiy, siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratganda, biz albatta mamnuniyat bilan qabul qilamiz.

Ushbu yondashuv mening mamlakatim Singapur qarashlariga to‘liq mos keladi. Uning tashqi siyosatining asosini mintaqadagi qo‘shnilar bilan yaqin munosabatlar tashkil qiladi. Hech kimga sir emaski, "Qo‘shningga rivojlanish uchun imkon ber" ("Prosper thy neighbour") tamoyili tufayli Singapur ko‘p jihatdan butun dunyoda tan olingan iqtisodiyot va siyosatdagi yutuqlarga erishdi. Singapur boyib, rivojlanib borar ekan, u o‘zini yopmaslikka harakat qildi, aksincha, o‘z yutuqlarini qo‘shnilari bilan baham ko‘rdi. Mamlakatimiz qo‘shni davlatlarga sarmoya kiritdi, u yerdagi kompaniyalarni qo‘shma loyihalarga jalb qildi.

Ushbu yondashuv qo‘shnilarimizning farovonligini oshirishga va shunga mos ravishda mintaqada o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi. Endi Janubi-Sharqiy Osiyodagi aksariyat davlatlar xuddi shu mantiqqa amal qilishga harakat qilmoqda.

O‘zbekiston lideri ham xuddi shunday yondashuv asosida harakat qilmoqda. Aynan u mintaqaviy kooperasiyaning keng ko‘lamli jarayonlari, o‘zaro ishonchni mustahkamlash tashabbuskori bo‘ldi.

Tojikistonga joriy tashrif ana shunday strategiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Dushanbeda tomonlar sanoat kooperasiyasini, birinchi navbatda, ikki mamlakat an’anaviy tarzda bir-birini to‘ldiradigan sohalarda chuqurlashtirishga kelishib oldilar. Ikki mamlakatning suv-energetika va transport-tranzit salohiyatidan foydalanishdagi o‘zaro hamkorlik masalalariga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.

Tojikiston bilan hamkorlik O‘zbekiston uchun juda muhim. Gap, birinchi navbatda, madaniyat va an’analarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ko‘p asrlik tarixiy rishtalar haqida bormoqda. Bilishimcha, O‘zbekistonda juda ko‘p tojiklar, Tojikistonda esa o‘zbek millatiga mansub aholi yashaydi.

Bularning barchasini yaxshi anglagan O‘zbekiston Prezidenti Tojikistonga davlat tashrifini amalga oshirdi va hamkasbi bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Shu tariqa, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining juda nozik siyosiy tuyg‘usi va mintaqadagi vaziyatni har tomonlama chuqur anglab yetganini yana bir bor namoyon etib, strateg sifatidagi munosib maqomini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!