Buyuk Britaniya Markaziy Osiyo davlatlaridan u yoki bu tomondan birini tanlashni so‘ramaydi — Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri

Buyuk Britaniya Markaziy Osiyo davlatlaridan u yoki bu tomondan birini tanlashni so‘ramaydi — Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri

Buyuk Britaniya Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida, shu bilan birga, mintaqa davlatlaridan u yoki bu tomondan birini tanlashni so‘ramaydi, dedi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri.

Devid Kemeron bu haqda 23 aprel kuni Toshkentga tashrifi vaqtida jurnalistlar savollariga javoban aytib o‘tdi.

"Biz savdo va biznes investisiyalari, yashil o‘sish va iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish uchun sarmoya kiritish kabi masalalarda hamkor bo‘la olamiz, deb o‘ylayman. Ta’lim va ingliz tilini targ‘ib qilish borasida juda yaxshi hamkor bo‘la olamiz, deb o‘ylaymiz. Shu bilan birga, biz mintaqa mamlakatlarini qandaydir tanlov qilishingiz kerak deb majburlamaymiz. Biz o‘z hamkorligimizni taklif qilmoqdamiz, tanlovni amalga oshirish esa sizning ixtiyoringizda. Ayni paytda biz juda yaxshi hamkormiz deb o‘ylaymiz", – dedi Britaniya diplomatiyasi rahbari, Markaziy Osiyodagi integrasiya jarayonlarini London qanday qo‘llab-quvvatlashi haqidagi savolga javoban.

Devid Kemeron Buyuk Britaniya tomoni O‘zbekiston bilan hamkorlikning qaysi jabhalarini ustuvor deb hisoblashi, shuningdek, Rossiya propagandasi fonida OAV erkinligining roli qanchalik muhimligi haqidagi savollarga ham javob berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!