Buxorodagi cho‘lda ayolni yechintirib, «samosud» qilgan ayollar va videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Buxorodagi cho‘lda ayolni yechintirib, «samosud» qilgan ayollar va videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Joriy yilning 17 mart kuni Telegram messenjeridagi ayrim kanal va guruhlarda Buxoroning cho‘l hududidagi samosud tasvirlangan videolavha tarqaldi. Videolavhada buxorolik ayol boshqa ikki ayol tomonidan cho‘l hududida majburan yechintirilib, urib-do‘pposlangan va samosud qilingan.

Buxoro IIBning Daryo ga ma’lum qilishicha, SH.B. va M.SH. ismli ayollar o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan ayol L.CH.ni majburiy ravishda cho‘l hududiga olib chiqqan. Ayolning egnidagi ustki va ichki kiyimlarini majburan yechintirib, yalang‘och holga keltirgan. Ikki ayol tomonidan urib-do‘pposlanib, haqorat qilingan jabrlanuvchi bir necha marotaba kechirim so‘rashiga qaramasdan, tiz cho‘kkan holda yana takror kechirim so‘rashga majbur qilingan va holat uyali aloqa vositasi yordamida videotasvirga tushirilgan. Samosud videolavhasi Telegram messenjeridagi kanal va guruhlarda tarqatilgan va joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mentalitetimizga yot, uyushtirilgan, jinoyatga yetaklovchi ushbu ayanchli videolavhani turli ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan shaxslar ham aniqlandi. Telegram messenjeridagi kanal va guruhlar blogerlariga nisbatan viloyat IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda , dedi Buxoro viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili, kapitan Halim Kamolov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!