Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 04 fevral kuni Buxoro shahar, I.Karimov ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan 9 qavatdan iborat bo‘lgan uyning 3-qavatidagi xonadonda gazning sizib chiqishi natijasida portlash yuz bergani haqida xabar tarqalgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra portlash natijasida jabr ko‘rgan 12 nafar fuqaroning 6 nafariga uyga javob berilgan. Shifoxonada qolayotgan 5 kishining esa ahvoli qoniqarli va bir bemorning holati esa nisbatan og‘irligicha qolmoqda.
Qurilish vazirligi tomonidan bu borada o‘rganish ishlari olib borilganda, “WHITE GROUP TRADING” MCHJ (rahbari Karomatov Jamshid Jalolovich) tomonidan o‘zboshimchalik bilan mazkur ko‘p qavatli binoning qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, bu haqida Qurilish Bosh boshqarmasi va hududiy inspeksiya tomonidan (2019 yil 16 yanvardagi №48- va 49-sonli xatlar bilan Buxoro shahar hokimligi va prokuraturasiga) mahalliy hokimiyat hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonuniy chora ko‘rishi uchun xabardor qilingan. Buxoro shahar hokimining 2019 yil 7 iyuldagi 2894-sonli qarori bilan Buxoro shahrining I.Karimov ko‘chasi 7-uy manzilida joylashgan 12 ta xonadon va 9-uyda joylashgan 12 ta xonadon, shu bilan birga hududdagi savdo do‘konlari egalari bilan tuzilgan kelishuv bitimlari inobatga olinib, 1220 kv.metrda joylashgan yer uchastkasida “WHITE GROUP TRADING” MCHJ ga 1- va 2-qavatlari savdo hamda maishiy xizmat ko‘rsatish va yuqori qavatlarida ko‘p xonadonli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Mazkur qarorga asosan viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2020 yil 26 iyulda 1578-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i tayyorlanib, loyiha tashkiloti “Arkada Arxstroy Servis” XK tomonidan 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish 7-8 qavatli turar joy binosiga loyiha yechimlari ishlab chiqilgan.
Loyiha viloyat shaharsozlik kengashida tasdiqlanmagan va ijobiy ekspertiza xulosasi olinmagan. Shuningdek, Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspeksiya xodimlari tomonidan “WHITE GROUP TRADING” MCHJ rahbariga ogohlantirish ham berilgan. Viloyat va shahar hokimliklari hamda prokuratura organlariga bir necha bor noqonuniy qurilish olib borayotgan “WHITE GROUP TRADING” MCHJ ga nisbatan chora ko‘rish uchun (2020 yil 13 iyulda 1029, 1030 va 1031-sonli) xatlar chiqarilgan. Bundan tashqari tasdiqlangan konsepsiya loyihasini buzib, o‘zboshimchalik bilan qavatlar sonini oshirganligi sababli noqonuniy qurilayotgan qurilmani bartaraf qilish uchun Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudiga davo arizalari kiritilgan. Bunda da’vogar sifatida inspeksiyaning bosh mutaxassisi va Buxoro shahar qurilish bo‘limi mutaxassislari ishtirok etgan. Sud tomonidan esa 2020 yil 23 oktyabrda 4-2001-2003/928-sonli ishning noqonuniy qurilmani bartaraf qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qabul qilingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, hududlarda ruxsatnoma va shaharsozlik hujjatlarisiz qurilayotgan ob’ektlarda buyurmachining texnik, loyihachining mualliflik va pudratchining ichki nazorat tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganini ko‘rsatmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.