“Butunjahon turizm kuni”: xorijlik talabalarga sertifikatlar, munosiblarga esa “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildi

A A A
“Butunjahon turizm kuni”: xorijlik talabalarga sertifikatlar, munosiblarga esa “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildi

2022 yilning 27 sentyabr kuni “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazidagi Kongress-xollda “Butunjahon turizm kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat tashkilotlari, diplomatik korpus, sayyohlik tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, san’at namoyandalari, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy mereos universiteti talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

“Butunjahon turizm kuni”: xorijlik talabalarga sertifikatlar, munosiblarga esa “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildiTadbirni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov o‘z nutqi bilan ochib berdi va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston Hukumati tomonidan turizm sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini hamda “Butunjahon turizm kuni” mamlakatimiz uchun ahamiyatli ekanini ta’kidlab o‘tdi.

“Ishonchim komilki, ushbu tadbir turizm sohasida yangi yutuqlarni boshlanishi uchun kuchli turtki bo‘ladi, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi eng yaxshi va xavfsiz sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi”, – dedi u.

Shuningdek, vazir “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy mereos universiteti haqida to‘xtaldi.

“Ayni damda xalqaro talablarga mos, zamonaviy o‘quv laboratoriyalariga ega, zamonaviy sport inshootlari bilan ta’minlangan, xalqaro toifadagi professor-o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar olib borilayotgan, katta kutubxona fondiga ega bo‘lgan, talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan “aqlli” universitet yaratildi”, – dedi vazir.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Hukumuti tomonidan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy mereos universitetining magistratura yo‘nalishida tahsil olish uchun xorijiy talabalarga har yili 85 ta kvota ajratib borilmoqda. 2022/2023-o‘quv yilida ham bir nechta xorijlik talabalar grant sohibiga aylanib, universitetda tahsil olish imkonini qo‘lga kiritishdi.

“Butunjahon turizm kuni”: xorijlik talabalarga sertifikatlar, munosiblarga esa “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildi

Tadbirda Aziz Abduhakimov ana shu talabalarga ham omad tiladi:

“Fursatdan foydalanib O‘zbekiston Hukumati tomonidan taqdim qilingan grant sohiblarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining rektori sifatida tabriklayman! O‘qishlaringizga ulkan zafarlar tilayman!”.

Universitetda o‘qish uchun sertifikatni qo‘lga kiritgan xorijlik talabalar ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Butunjahon turizm kuni”: xorijlik talabalarga sertifikatlar, munosiblarga esa “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildi

“Samarqand chiroyli shahar ekan, menga yoqdi, – dedi sertifikat sohibalaridan biri Adriana Nur Aisya. – Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy mereos universitetida o‘qish imkonini qo‘lga kiritganimdan juda mamnunman”.

Qayd etish joizki, turizm sohasidagi yutuqlarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-son qarori bilan turizm sohasi vakillarini “Turizm fidoyisi” mukofoti bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi. Tadbirda an’anaviy tarzda, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan san’at va madaniyat arboblari, turizm sohasi, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan iborat 47 nafar laureat “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ko‘krak nishonini Aziz Abduhakimov o‘z egalariga tantanali tarzda topshirdi.

“Butunjahon turizm kuni”: xorijlik talabalarga sertifikatlar, munosiblarga esa “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildi“Butunjahon turizm kuni”: xorijlik talabalarga sertifikatlar, munosiblarga esa “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildi

“Men ham bloger, ham sportchiman, — dedi “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bloger Asal Saparbayeva. — Mendan chet elliklar O‘zbekiston haqida ko‘p so‘rashardi. Shundan keyin “Nega O‘zbekistonni yanada mashhur qilmasligim kerak”, deb o‘ylab qoldim va videolarimda ham sport, ham o‘zbekona milliylikni targ‘ib qiladigan bo‘ldim. Bizning bir-biridan ajoyib an’analarimiz bor va biz doim ana shu an’analarni dunyoga tanitishga harakat qilishimiz kerak”.

“Butunjahon turizm kuni”ga bag‘ishlangan tadbir unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari, ko‘krak nishoni sohiblari va talabalar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Ma’lumot uchun:

O‘zbekiston hukumati har yili chet ellik talabalarga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining magistratura bosqichida o‘qish imkoniyati uchun 85 ta kvota ajratadi.

Ushbu grant doirasida xorijlik talabalarga Samarqandga aviachipta narxi (bir marta) qoplanadi. Stipendiya to‘lanadi, kvartirani ijaraga olish uchun mablag‘ ajratiladi (shu jumladan, Samarqand shahridan bir xonali barcha shart-sharoitga ega kvartira ijarasi), shuningdek, yurtimiz bo‘ylab sayohat qilish uchun yiliga ikki marta 100 AQSh dollari ajratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати эълон қилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.