Bukingem saroyi 200 yil ichida birinchi marotaba rasmlar to‘plamini taqdim etmoqda
Qirollik san’at asarlari to‘plami 200 yil ichida birinchi marotaba keng omma e’tiboriga taqdim etiladi.
Unda Yelizaveta IIning sevimli asarlarini ko‘rish mumkin.
"Ikki asr davomida Bukingem saroyining tantanali zallaridan birining devorlariga osib qo‘yilgan Rembrandt, Rubens, Tisian, Vermeer, van Deyk, Kanaletto va boshqalarning asarlari qabulga taklif qilinganlarning hayratini uyg‘otib kelmoqda", deb yozadi Britaniyaning “The Guardian” nashri.
Ta’kidlanishicha, dunyoning eng mashhur badiiy kolleksiyalaridan biri saroy ichidagi ta’mirlash ishlari sabab birinchi marotaba galereyada namoyish etiladi. Istalgan kishi Bukingem saroyining g‘arbiy qanotida joylashgan ko‘rgazmaga chipta sotib olish orqali tashrif buyurishi mumkin.
