Bugun va ertaga 5 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda

Bugun va ertaga 5 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda

Bugun va ertaga kunning birinchi yarmida G3 darajali 5 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.

Magnit bo‘roning G3 darajadagi yuqori faolligi tush paytigacha kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish rasionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!