Bu yil “Fukusima-1” atom elektr stansiyasining million tonna ifloslangan suvi Tinch okeaniga tashlanadi

Bu yil “Fukusima-1” atom elektr stansiyasining million tonna ifloslangan suvi Tinch okeaniga tashlanadi

2023-yilda “Fukusima-1” atom elektr stansiyasining million tonna ifloslangan suvi Tinch okeaniga tashlanadi. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokazu Matsuno bugun, 13 yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Bosh kotib 2023-yilning bahori yoki yozida Fukusima-1 atom elektr stansiyasidan ifloslangan suvni to‘kishni boshlash rejalarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yaponiya hukumati ikki yil avval ifloslangan suvni Tinch okeaniga tashlashga qaror qilgan. O‘tgan yili ushbu jarayonning boshlanishi 2023-yilga mo‘ljallanganligi e’lon qilingan edi. Biroq bu qaror ko‘plab qo‘shni davlatlar, jumladan, Xitoy va Janubiy Koreya, shuningdek, ayrim xalqaro tashkilotlarda xavotir uyg‘otdi.

Yaponiya rasmiylarining ta’kidlashicha, endi bu suvni filtrlashdan so‘ng okeanga oqqizish xavfsiz. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik ham bunday oqqizish xavfsiz ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, atom elektr stansiyasidan suvni to‘kish uning binolari va reaktorlarining buzilishi uchun zarur bo‘lib, bu bir necha o‘n yillar davom etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada ro‘y bergan zilzila va undan keyin sodir bo‘lgan sunamidan so‘ng 2011-yilning 11-martida Fukusima-1 AESda avariya sodir bo‘lgan. Tabiiy ofatlar natijasida 16 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Yuz minglab yaponiyaliklar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!